Abdujabbor Egamberdiyev Kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyati kengashi raisi bo‘ldi. U 2022-yilda prezident buyrug‘i bilan “davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib harakatlari” uchun Andijon tumani hokimligidan olingandi. Sud unga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlab, so‘ng shartli ozod qilgan.
Moskvaning “Krokus siti holl”idagi teraktdan jabrlangan oilalarning 100 nafar farzandi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar oromgohida ikki hafta dam oladi. Bundan tashqari, ular Samarqandga ham tashrif buyuradi.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi «Gazeta.uz»ning tashkilotga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilayotgani qanchalik qonuniy ekani to‘g‘risidagi materialiga javob qaytardi. Ta’kidlanishicha, davlat subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalardan tashqari, uning faoliyatiga boshqa shakllarda ham yordam ko‘rsatishi mumkin.
Senat raisi Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlik, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Mahalla agentligiga ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. U mas’ul rahbarlardan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar, muhojir ayollar va jazoni o‘tab qaytgan ayollarga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqishni so‘radi.
Kasaba uyushmalari federatsiyasida bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma va departament ochiladi. Uyushma a’zolarining farzandlari dam olishi uchun xarajatlarning 600 ming so‘mi shu jamg‘armadan qoplanadi. Mahalliy budjetning prognozdan ortgan qismidan 10 foizi har chorakda jamg‘armaga o‘tkaziladi.
Kasaba uyushmalari tomonidan yil boshidan beri 14 mingga yaqin xodimning mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga 13,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi. Jamoa shartnomasini bajarish uchun respublika bo‘yicha o‘rtacha bir xodimga yil davomida sarflangan mablag‘ miqdori 1,5 mln so‘mdan 5 mln 62 ming so‘mgacha oshdi.
Respublika chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ayollar uchun go‘zallik salonlari konteynerlari yetkazib berildi. Ma’lumotga ko‘ra, har bir konteynerda 7 nafardan ayol ishlaydi va bu orqali «Ayollar daftari» dagi fuqarolarning 350 nafari ish bilan ta’minlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting